Isroil yana kamida uch hafta urush olib borishni rejalashtirmoqda
Isroil kamida yana uch hafta davomida harbiy harakatlarni davom ettirish uchun batafsil rejalarga ega. Mamlakat armiyasi hozir ham Eron hududidagi ob’ektlarga zarbalar berishni davom ettirmoqda.
Bu haqda Isroil armiyasi vakili, podpolkovnik Nadav Shoshani jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters. Agentlik ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi urush uchinchi haftasiga kirmoqda va yaqin orada tugash alomatlari ko‘rinmayapti.
Shu bilan birga, Hurmuz bo‘g‘ozi, orqali jahondagi neft va suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishning taxminan 20 foizi o‘tadi, amalda yopilgan. Bu esa neft narxlarining o‘sishiga va global inflyasiyaning yangi bosqichi boshlanishi xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni bo‘g‘ozda kemalar harakatini tiklash uchun xalqaro koalisiya tuzishga chaqirdi. U shuningdek, agar ittifoqchilar Vashingtonni qo‘llab-quvvatlamasa, **NATO**ni «juda yomon kelajak» kutayotgani haqida ogohlantirdi.
Trampning bu chaqirig‘i ehtiyotkorlik bilan qabul qilindi: ittifoqchilar marshrutni ochish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, ammo ehtimoliy harbiy harakatlarga nisbatan juda ehtiyotkor munosabatda ekanini ko‘rsatgan.
Shoshanining ta’kidlashicha, Isroilning asosiy maqsadi — Eronning mamlakatga tahdid solish qobiliyatini «zaiflashtirish». Isroil harbiylari aytishicha, Tel-Avivda hali ham Eron hududida zarba berish uchun «minglab nishonlar» mavjud.
