Yana bir futbol yulduzi koronavirus yuqtirib oldi

Yana bir futbol yulduzi koronavirus yuqtirib oldi

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning koronavirusga topshirgan testi musbat natijani berdi. “Bugun “Budyo / Glimt”ga qarshi o‘yin oldidan Ibragimovich sinovdan o‘tdi. Klub futbolchini uyda karantin ostiga olgani haqida tegishli idoralarni xabardor qildi, deyiladi xabarda.

A Seriya protokoliga ko‘ra, shvesiyalik 38 yoshli forvard alohida nazoratga olinadi. Zlatan jamoaning yaqin oradagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. 

Avvalroq, Ibrahimovichning jamoadoshi Leonardo Duarteda ham COVID-19 infeksiyasi aniqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!