Yana bir davlatning tanqidi: “Rossiya Navalniy bo‘yicha jiddiy savollarga javob berishi kerak”

Yana bir davlatning tanqidi: “Rossiya Navalniy bo‘yicha jiddiy savollarga javob berishi kerak”

Shu kunlarda muxolif Aleksey Navalniyning zaharlanishi ortidan Rossiya hukumati ko‘p tanqidlarga duch kelmoqda. Navalniy bir necha hafta oldin Rossiyada og‘ir ahvolga tushib kasalxonaga yotqizilgan, keyinchalik esa davolash uchun Germaniyaga olib kelingandi. Nemis shifokorlari unga zaharlanish tashxisini qo‘yishdi va uning tuzalib ketishiga uzoq muddat ketishini aytishdi. Ayni paytda Navalniy Berlindagi kasalxonada koma holatida qolmoqda.

Navalniy rus hukumatining taniqli muxolifatchisi bo‘lgani uchun uning zaharlanishi ko‘pchilik davlatlarning diqqat-markazida turibdi. Masalan, o‘tgan haftada Germaniya kansleri Rossiyadan Navalniyning zaharlanganini tekshirib, aybdorlarni jazolash kerakligini ta’kidlagandi. 6 sentyabr kuni Buyuk Britaniya ham Navalniy bo‘yicha keskin bayonot berdi.

“Rossiya hukumat tanqidchisi bo‘lgan Aleksey Navalniyning «Novichok» moddasi bilan qay tarzda zaharlanganini tushuntirib berishi kerak. Ayni damda aniq narsa shuki, Rossiya Navalniy bo‘yicha juda jiddiy savollarga javob berishi darkor” dedi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.

Raabning qo‘shimcha qilishicha, ushbu jinoyatga hukumat tomonidan biror kishi yollanganmi yoki yo‘q, lekin, o‘z hududida kimyoviy qurollar ishlatilmasligiga kafolat berish Rossiyaning majburiyatidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!