Yana Aqtobe! Yana avtobus! Bu safar 53 kishi

Yana Aqtobe! Yana avtobus! Bu safar 53 kishi

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi 12 yanvar kuni ichida 53 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

TIV xabariga ko‘ra, avtobus Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da avtobusning ta’mir ishlari yakunlangach, avtobus harakatini davom ettirgan.

Bosh konsulxona, shuningdek, 13 yanvar kuni Aqtobe – Orenburg trassasida yo‘l-transport hodisasi yuz berganini xabar qilgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida voqea joyida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi Ye.M. halok bo‘lgan, yana bir O‘zbekiston fuqarosi I.K. turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!