"Yagona bank" oqlamadi: pensionerlarga banklarni tanlash imkoniyati beriladi

"Yagona bank" oqlamadi: pensionerlarga banklarni tanlash imkoniyati beriladi

Pensiya mablag‘larini yagona bank orqali pensionerlarga yetkazish tizimi o‘z samarasizligini va bu amaliyotdan voz kechish lozimligini ko‘rsatdi.

Markaziy bank departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdaliyevning aytishicha, pensionerlarga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatadigan banklarni tanlash imkoniyati beriladi.

Bu orqali pensionerlar o‘zlariga maqbul bo‘lgan ixtiyoriy bankda hisob-raqam ochish orqali ularning bank kartasidan foydalanishga imkoniyat yaratiladi. Mazkur tanlash imkoniyati bir martalik bo‘lmasdan, pensionerlar ko‘rsatilayotgan bank xizmati sifatidan qoniqishidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatuvchi bankni o‘zgartirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!