Ronalduga o‘xshamoqchi bo‘lgan falastinlik bola Isroil tomonidan o‘ldirildi
Isroil askarlari Hebron yaqinidagi o‘rmonda o‘ynab yurgan 14 yoshli Naji al-Baba va uning do‘stlariga qarata o‘t ochdi.
Dunyodagi bolalar singari, Naji al-Baba ham «xuddi Ronaldu kabi» xalqaro futbolchi bo‘lishni orzu qilgan.
Ammo uning ismi, ya’ni «omon qolgan» degan ma’noni anglatuvchi ism - bu bosib olingan G‘arbiy Sohilda tug‘ilgan bolaning taqdiri emas edi.
14 yoshli bola uchun bo‘yi baland bo‘lgan Naji doim jilmayib yurardi va oilasi uning mehribonligi, xotirjamligi va atrofdagilarga yordam berishini eslaydi.
U futbolga ishtiyoqi baland edi - Hebron shimolidagi Halhuldagi sport klubida soatlab mashq qilardi.
Maktabdan keyin mahalla bolalari bilan futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radigan oddiy bola edi.
«U yoshiga yetmasdan ulg‘aygandi», deydi 40 yoshli onasi. «U bizdan ketganida, men bir qismimdan ayrilganimni va hech qachon qaytib kelmasligimni his qildim».
Bir oy oldin Naji do‘stlari bilan futbol o‘ynab yurganida isroillik askarlar tomonidan o‘ldirildi.