BMTda O‘zbekiston prezidentining tashabbusiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi brifing bo‘lib o‘tdi

BMTda O‘zbekiston prezidentining tashabbusiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi brifing bo‘lib o‘tdi

BMTning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohida 10 dekabr kuni qurolli mojaroli hududlardan qaytarilgan shaxslarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashining faoliyatiga bag‘ishlangan yuqori darajali brifing tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir SMTI va O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy vakolatxonasi tomonidan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi ko‘magida o‘tkazildi.

Brifingda Osiyo, Afrika, Yevropa, Shimoliy va Lotin Amerikasining 50 dan ortiq davlati, shuningdek, 10 ga yaqin xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Reabilitasiya va reintegrasiya masalalari bo‘yicha mintaqaviy ekspert kengashi 2024 yilda O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi shafeligida tashkil etilgan. Kengash Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari ekspertlari va mutaxassislarini birlashtirdi. Uning platformasida reintegrasiya qilingan shaxslarning normal va to‘laqonli hayotga muvaffaqiyatli integrasiyalashuvini ta’minlaydigan bilimlar, usullar va dasturlar jamlanadi.

Xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib o‘z fuqarolarini qurolli mojaroli hududlardan repatriasiya qildi. 2019 yildan beri 530 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar, Vatanga qaytarildi. Ularga tibbiy, ijtimoiy va ruhiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqildi.

Muhokamalar davomida BMT Bosh kotibining Yaqin Sharq va Osiyo—Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha yordamchisi Xaled Xiari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasi va ushbu masalada olib borayotgan siyosati qat’iyligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu asnoda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Mintaqaviy ekspertlar kengashi alohida qayd etildi.

Kengashning ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov “Tashkilot TQKB SMTI bilan birgalikda Mintaqaviy ekspertlar kengashi kotibiyati vazifasini bajarayotganidan faxrlanadi”, deya ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi muhokamalar Mintaqaviy ekspertlar kengashi xalqaro sa’y-harakatlarni safarbar qilish markazi bo‘lib, qaytarilayotgan shaxslarni reabilitasiya va reintegrasiya qilish sohasidagi ilg‘or amaliyot va uslublarga namuna bo‘la olishini tasdiqlaydi.

Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari Kaha Imnadze ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi boshqa davlatlar uchun namuna bo‘la oladi.

“Mintaqaviy ekspertlar kengashi dunyoning boshqa qismlarida ham takrorlanishi mumkin bo‘lgan noyob tashabbusdir. Men Markaziy Osiyodagi hamkorlarimiz, BMT va mintaqaviy tashkilotlarni eng yaxshi yechimlarni topish uchun ushbu platformadan foydalanishda davom etishga chaqiraman”, deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya va AQShning BMTdagi elchilari ham Kengash faoliyatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘z fuqarolarini mojaroli hududlardan qaytarish bo‘yicha sezilarli sa’y-harakatlarni amalga oshirgani siyosiy iroda va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga sodiqlik namunasi ekanligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonning qaytarilgan shaxslarni reintegrasiya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarida mahalliy jamoalarning (mahallalar) rolini yuqori baholadi.

BMT Bosh kotibi yordamchisi Xaled Xiarining fikricha, o‘zbek modelining o‘ziga xosligi shundaki, reintegrasiya bo‘yicha barcha ishlar “pastdan yuqoriga” olib boriladi, qaytarilgan shaxslarning ehtiyojlari hisobga olinadi. Shu bilan birga, mahalliy hamjamiyat ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy bo‘g‘inga aylandi.

So‘zga chiqqanlar, shuningdek, repatriasiya bo‘yicha o‘zbek modeli inson huquqlari va bolalarni himoya qilish masalalariga yo‘naltirilganligini ta’kidladilar.

BMTning sobiq maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston boshidanoq qaytarilgan bolalarga “himoya ostidagi, jamiyatga qaytariladigan millat bolalari” deb munosabatda bo‘lgan pozisiyani egallagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muvaffaqiyat kaliti bo‘ldi.

YUNISEFning qurolli nizolarda bolalarni himoya qilish bo‘yicha mutaxassisi Ketrin Kokko ham xuddi shunday fikrni bildirdi. Ekspertning fikricha, bolalarning repatriasiyasi O‘zbekistonning bola huquqlariga sodiqligini ko‘rsatdi.

Umuman olganda, tadbirning barcha ishtirokchilari bir ovozdan Mintaqaviy ekspertlar kengashi tashkil topganiga qisqa muddat bo‘lganiga qaramay, reabilitasiya va reintegrasiya sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va yechimlarni ishlab chiqish uchun asosiy platformaga aylanganini ta’kidladilar.

Shu bilan birga, ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston repatriasiya dasturining o‘ziga xos xususiyati, shuningdek, uning muvaffaqiyati garovi bu jarayon doirasidagi barcha chora-tadbirlar ustidan O‘zbekiston prezidentining shaxsiy nazoratidir”.

Tadbir davomida keyingi yil Kengashdagi raislik Qozog‘istonga o‘tishi e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Qozog‘istonning BMTdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Qayrat Umarov Ostona Mintaqaviy ekspertlar kengashining navbatdagi raisi sifatida O‘zbekiston rahbari tashabbusini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini ta’kidladi.

Muhokamalar yakunida ishtirokchilar Mintaqaviy ekspertlar kengashi faoliyati bilan jahon hamjamiyatini tanishtirish amaliyotini davom ettirishni zarurligini yakdillik bilan ta’kidladilar. Shu asnoda, BMTning asosiy tadbirlaridan biri — 2025 yil iyun oyida Nyu York shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yuqori darajadagi haftalik doirasida alohida sayd ivent o‘tkazish qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shimoldan sovuq havo massalari kirib keladi — O‘zgidromet

Ўзбeкистон бўйича 2024 йил 6-8 декабрь кунларига об-ҳаво прогнози эълон қилинди.

Qozog‘iston Rossiya, Xitoy, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarini ortda qoldirdi

Қозоғистон иқтисодий фаровонлик бўйича 50 та давлат қаторига кўтарилди.

Ta’ziya! Halima Ibragimova vafot etdi

Бу ҳақда Улуғбек Холмедов инстаграмдаги саҳифасида маълум қилди.

MMA. Mahmud Muradov ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi

Аралаш яккакураш устамиз Маҳмуд Мурадов ўзининг ММАдаги навбатдаги жангини ўтказди.

Rustam Ashurmatovning «Rubin»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Россия Премьер-лигасида фаолият юритаётган ўзбекистонлик ҳимоячи Рустам Ашурматовнинг «Рубин» клубидаги маоши маълум бўлди.

O‘zbekistonda hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

«Ўзгидромет» 9-11 декабрь кунлари кутилаётган об-ҳаво маълумотини эълон қилди.

Rossiya Bosh shtabi rahbari AQSh kemalariga xavfsiz masofaga chekinishni taklif qildi

Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.

Ukraina beshta shaharni yo‘qotish xavfi ostida

Бу ҳақда Олий Раданинг собиқ депутати, ҳарбий хизматчи Егор Фирсов маълум қилди.

Rossiya qoralandi

Ғарб ЕХҲТ йиғилишида Россияни қоралади.

Ukraina dushman uchun «Jahannam» tayyorladi

Бу ҳақда Украина президенти Владимир Зеленский Борис Патон номидаги миллий мукофотни топшириш чоғида маълум қилди.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Bugun kechqurun va kunduzi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Бугун тунда Республикамизнинг кўплаб ҳудудларида ёмғир бошланади ва тушгача давом этади. Ёғаётган ёмғир қорга айланиш эҳтимоли бор.

Bolgariya Rossiyaga tahdid qildi

«Bulgartransgaz келишувдаги мажбуриятларини қатъий бажаришни давом этади ва хизмат ҳақи тўланмаса, табиий газ транзитига йўл қўймайди», — дейди мамлакат энергетика вазири Владимир Малинов.

Asadning osib o‘ldirilgan akasi tarixda qanday iz qoldirdi?

Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.

Rossiyada migrantlarga talab eng yuqori uch soha ma’lum qilindi

«Мигрант Сервис» платформаси директори Андрей Кладов 2025 йилда Россияда қайси соҳаларда мигрантларнинг хизматига талаб энг юқори бўлишини маълум қилди.

Eron klubi o‘zbek klubidan 300 ming dollarga hujumchi sotib olmoqda

Ортда қолган мавсумни Самарқанднинг «Динамо» клубида ўтказган Қирғиз Республикаси терма жамоаси ҳужумчиси Жоэл Кожо Эроннинг «Истиқлол» клубига ўтмоқда.

Sisi rejimi bosqinchi Isroildan yordam so‘radi

Миср расмийлари исроилга мурожаат қилди.

Samarqandda bog‘cha yonib ketdi

Шунга кўра, 5 та ёнғин-қутқарув экипажлари жалб қилиниб, улар воқеа жойига соат 20:43 да етиб борган

Boyligi 400 milliard dollardan oshgan birinchi odam

Bloomberg'га кўра, Илон Маск тарихда бойлиги 400 миллиард доллардан ошган биринчи инсон бўлди.

Tramp ma’muriyatiga yana bir milliarder taklif qilindi

Трамп билан бирга янги маъмуриятда ишлайдиган миллиардерлар сони ўн нафарга етди.

Isroil Suriyani bosib olmoqchi (mi)?

Исроил сионистик режимининг молия вазири Безалел Смотрих Сурия давлатини бутунлай босиб олиш вақти келганини айтмоқда.

Suriya yangi urushga tayyor emas!

Дунё Суриянинг янги ҳукуматидан қўрқмаслиги керак, деди "Ҳайъат Таҳрир аш-Шом" етакчиси Жўлоний Sky News телеканалига берган интервьюсида.

O‘zbekistonda Rossiya bilan viza tartibini joriy etish taklif qilindi

«Миллий тикланиш» партияси етакчиси Алишер Қодиров Россия ва Ўзбекистон ўртасида виза тартибини жорий этиш ғоясини қўллаб-қувватлади.

Qozog‘istonda kuydirgi sababli karantin joriy etildi

Вазир ветеринария назорати чоралари кучайтирилганини ҳам таъкидлади

Islom hamkorlik tashkiloti: Biz bu holatni keskin qoralaymiz!..

Ислом ҳамкорлик ташкилоти (ИҲТ) Исроилнинг Сурияга қарашли ҳудудларни ишғол қилгани ва инфратузилма объектларига зарбалар берганини кескин қоралади.

Isroil armiyasi Damashqdan 25 km uzoqlikda joylashdi

8 декабрь куни исроил хавфсизликни таъминлаш баҳонасида исроил-Сурия чегарасидаги буфер зонани қўлга киритиш бўйича операцияни эълон қилди. Лекин буфер зона билан чекланмай Сурия томон кириб бормоқда.

Putin KXSHTdagi ittifoqchilarini 9 may paradiga hozirdanoq taklif qildi

Россия президенти Владимир Путин ҳали қишнинг биринчи ойи тугамасидан, 9 май куни бўлиб ўтадиган парадга КХШТдаги иттифоқчиларни таклиф қилди.

«AQSh hamkorlari» Rossiyadan «yarim yo‘lda to‘xtamaslikni» so‘radi

Вашингтоннинг обрўси пасаймоқда, АҚШнинг Осиё, Африка ва Лотин Америкасидаги кўплаб шериклари Россиядан Украинада «ярим йўлда тўхтамасликни» сўраяпти.

Turkiyada ikkita harbiy vertolyot to‘qnashdi

Расмий маълумотларга кўра, ҳодиса Туркия ҳарбий-ҳаво кучларининг навбатдаги машғулотлари доирасидаги маневрларни машқ қилиш фонида содир бўлган.

Toshkent viloyatida osh markazi va do‘kon yonib ketdi

Хабарга асосан, 16 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 03:54 да ҳодиса жойига етиб бориб, ёнғин соат 05:10 да ўраб олинган

«Tilla ayfon» taqdim etildi, narxi...

Қимматбаҳо ашёлардан смартфонлар ва бошқа енгил қурилмаларни ишлаб чиқаришга ихтисослашган Caviar компанияси (Россия) олтин қопқоқли шаҳона iPhone смартфонини тақдим этди.

«Abu Valid» laqabi bilan video tarqatayotgan shaxs qidiruvga berildi

Айни вақтда «Абу Валид» лақаби билан интернетга видео тасвирлар жойлаб бораётган Нуриддинов Худоёр Бахтиёр ўғлига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қидирув эълон қилинган. Бу ҳақда ИИВ хабар берди.

Muxolifat yetakchisi: «Suriya Eron ambisiyalari poligoni va jahondagi yetakchi yovuzlik manbai edi»

Бир пайтлар «Эрон амбициялари учун синов майдони» бўлган Сурия ҳозир «тозаланмоқда».

Lukashenko mehribon

Беларус президенти Александр Лукашенко сиёсий айбловлар билан судланган 29 маҳбусни қамоқдан озод қилишни буюрди.

Putin: «Hech kim Rossiyani zabt eta olmaydi»

Россия президенти Владимир Путин «ҳақиқат Россия томонида», «ҳеч ким уни мағлуб эта олмайди ёки синдира олмайди» деб ишонади.

Tramp Si Szinpin bilan suhbatini e’lon qildi

Трамп Сидан Тайванга бостириб кирмасликни талаб қилганми?

Ronalduga o‘xshamoqchi bo‘lgan falastinlik bola Isroil tomonidan o‘ldirildi

Исроил аскарлари Ҳеброн яқинидаги ўрмонда ўйнаб юрган 14 ёшли Нажи ал-Баба ва унинг дўстларига қарата ўт очди.