Bayden davrida AQShda immigrasiya darajasi rekord darajaga yetdi
2021 va 2023 yillar oralig‘ida har yili o‘rtacha 2,4 million kishi Qo‘shma Shtatlarga kelgan.
Bu haqda The New York Times nashri AQSh Kongressining Byudjet byurosiga tayanib xabar berdi.
“Yillik “sof migrasiya” – mamlakatga kirganlar sonidan chiqib ketayotganlar soni – 2021-2023 yillar oralig‘ida yiliga o‘rtacha 2,4 million kishini tashkil etdi”, deb yozadi gazeta.
Shu tariqa, prezident Jo Bayden hokimiyat tepasida ekan, gazeta hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatga 8 milliondan ortiq odam kelgan. Ta’kidlanishicha, ushbu vaqt oralig‘ida AQShga immigrantlarning kelishi rekord darajada yuqori bo‘lgan.
Bundan tashqari, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yildan buyon mamlakatga kelgan muhojirlarning qariyb 60 foizi buni qonuniy ruxsasiz amalga oshirgan.
Aniqlik kiritilishicha, 2023 yilda AQSh aholisining 15,2 foizi xorijda tug‘ilganlar bo‘lgan. Avvalgi rekord 1890 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda AQShda aholining 14,8 foizi tug‘ilmagan.
Nashr tahliliga ko‘ra, immigrasiyaning bunday o‘sishining asosiy sababi Baydenning yumshoq immigrasiya siyosatidir. Bunga Venesuyela, Ukraina va Gaitidagi inqirozlar ham ta’sir ko‘rsatdi, buning natijasida ushbu mamlakatlar fuqarolari AQShga tobora ko‘proq ko‘chib o‘tishni boshladilar, shuningdek, Amerika chegarasiga yetib borishga yordam beradigan kontrabanda tarmoqlarining rivojlanishi.
2023 yil holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda taxminan 335 million kishi yashagan.