Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Ushbu qonun loyihasi Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jismoniy shaxso‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali u bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi.
Shu munosabat bilan kredit bitimlarini tuzish taqiqlangan shaxslar reestrini yaratish ko‘zda tutilgan. Markaziy bank o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdialiyevning bildirishicha, reestrga kiritilgan shaxs keyinchalik banklardan kredit olishni xohlasa, qayta ariza beradi va kredit oladi.
Majlisda deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kreditlarni ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kreditlarni o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga, shuningdek, kredit byurolari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
O‘zbekistonda 1 noyabrdan 2025 yil 1 aprelgacha banklarda onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikasiyadan o‘tish talab etiladi. Shu bilan birga, fuqaro tomonidan kredit olishga ariza yuborilgandan so‘ng uning kredit tarixi ikki bosqichda (ariza tushgandan so‘ng hamda kredit mablag‘lari ajratilishidan oldin) o‘rganiladi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mijozning qarz yuki oshgani yoki muddati o‘tgan qarzdorlik mavjudligi aniqlansa, kredit ajratish rad etilishi yoki boshqa summada ajratilishi to‘g‘risida xabar beriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.