Xotira — muqaddas, qadr — aziz

Xotira — muqaddas, qadr — aziz

Har yili 9 may mamlakatimizda “Xotira va Qadrlash kuni” sifatida nishonlanib kelinadi.

Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan fidoyi bobolarimiz onalarimizga chuqur xurmatda ekanimizni, tinchlikning qadriga yetish, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iboratdir. Bu har qanday kishini ma’nan rag‘batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.

9 may bayrami arafasi Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari ham tumandagi keksa va nuroniylarimizni holidan xabar olib, nuroniylarga sovg‘alar hadya etdilar. Byuro organlari uchun an’anaga aylangan bayramona tashriflardan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan nuroniylarimmz yoshlarni duo qilib, xalq xizmatida charchamay xizmat qilishni tiladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!