Xorijlik kuzatuvchilar o‘zlarining referendum haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi

Xorijlik kuzatuvchilar o‘zlarining referendum haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi

Fransiya, Niderlandiya va Italiyadan bo‘lgan xorijlik kuzatuvchilar ham Rossiya hududida, ham Donbass respublikalaridagi referendum borasidagi taassurotlari haqida so‘zlab berishdi.

“Men Rostov-na-Donuda bo‘ldim va u yerdagi ayrim saylov uchastkalarini kuzatdim. Shuni ayta olamanki, bari shaffof bo‘ldi, ovoz berish munosib ravishda o‘tkazildi. U yerda hammasi yaxshi o‘tdi. Hech kimni ovoz berishga majburlashmadi”, - dedi Niderlandiyadan bo‘lgan mustaqil jurnalist Sonya van den Yende “Rossiya segodnya” mediaguruhi matbuot markazidagi davra suhbati chog‘ida.

U G‘arb OAVlari referendumda go‘yoki odamlarni ovoz berishga majburlashgani haqida yozishayotganini ta’kidladi, biroq aslida hech kim birovni uchastkaga borishga majburlamagan, askarlar esa faqat ular xavfsizligini ta’minlashgan.

Rossiyada hududida qochoqlarning ovoz berishi hamda DXRda ovoz berish jarayonini kuzatgan Fransiyadan bo‘lgan mustaqil siyosiy tahlilchi Moro Ksavyer Bernard Kiyev ovoz berish vaqtida Doneskni o‘qqa tutishni davom etgani, shu bois odamlarning bir joyga to‘planishi xavfli bo‘lganini ta’kidladi.

“Men qochoqlarning ovoz berishini ko‘rdim... Hammasi Fransiyadagi kabi bo‘lib o‘tdi, hammasi joyida edi. Biror bir noodatiy holatni ko‘rmadim... Hammasi odatdagidek edi. DXRda vaziyat o‘qqa tutishlar sabab boshqacha edi, Kiyev G‘arb hamkorlari yetkazib berayotgan HIMARS dan foydalanmoqda. Odamlarning bir joyga to‘planishi xavfli, shu bois u yerda ko‘chma ovoz berish punktlarini tashkil etishdi. Hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgandi”, - dedi kuzatuvchi.

Italiyalik diplomat, Xalqaro diplomatiya observatoriyasi asoschisi, BMT nohukumat tashkilotining ijtimoiy-iqtisodiy departamentida ro‘yxatdan o‘tgan diplomat Vito Grittani ham ovoz berish xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.

“Ovoz berish chog‘ida referendum ishtirokchilari belgilangan ovoz berish jarayonlariga rioya qilishdi, men borgan biror bir uchastkada byulleten bermaslik holati kuzatilmadi. Ko‘p martalab ovoz berish holati ham qayd etilmadi, referendum ishtirokchilariga bosim o‘tkazilmadi”, - dedi diplomat.

Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar 23-27 sentyabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Saylov byulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!