Xorijga ketayotgan ota 5 yillik aliment pulini oldindan to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 20.01.2014 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor M.A.dan undiruvchi M.M.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Izboskan tuman bo‘limi tomonidan ijroni ta’minlash maqsadida qarzdor M.A.ning O‘zbekiston hududidan chetga chiqish huquqlari tegishli qonun talablariga ko‘ra cheklab qo‘yilgan.
Shu sababli, xorijga chiqish istagida yurgan qarzdor ota farzandi ta’minoti uchun 5 yillik aliment pullarini, ya’ni 82 790 880 so‘mni oldindan to‘ladi hamda qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)