Xorazmda fuqarolarning mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan nodavlat ta’lim muassasalari aniqlandi

Xorazmda fuqarolarning mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan nodavlat ta’lim muassasalari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.Sh.” MCHJ hamda “U.I.U.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbarlari va xodimlari ushbu ta’lim maskani tegishli lisenziyaga ega bo‘lmasa-da, 45 nafar fuqaroni bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishga hujjatlari borligiga ishontirib, 2021-2022 o‘quv yili uchun har bir fuqarodan 2 mln so‘mdan 16 mln so‘mgacha jami 353,5 mln so‘mini shartnoma to‘lovlari sifatida qabul qilishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 190-moddasi (faoliyat bilan liseziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!