Xorazmda yer talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Xorazmda yer talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilgan tekshirish davomida, fermer xo‘jaligi rahbari I.B. tomonidan Bog‘ot tuman hokimining qaroriga asosan o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “M.R” fermer xo‘jaligiga 46 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan jami 29,8 gektar ekin yerining 7,3 gektar sug‘oriladigan qismida noqonuniy ravishda sun’iy ko‘l tashkil qilib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1 mlrd. 822 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan I.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 197-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!