Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun!” shiori ostida barcha tuman va shaharlarda davolash-profilaktika muassasalari hamda tibbiyot birlashmalarining tor doiradagi mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilinmoqda.
Ana shunday tibbiy ko‘riklardan biri Urganch shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib o‘tdi. Viloyat tibbiyot markazlari va shahar tibbiyot birlashmasidan tashrif buyurgan shifokorlar 400 nafardan ziyod fuqaroni ko‘rikdan o‘tkazdi. Kasallik aniqlangan fuqarolarga ambulator va stasionar muolajalar tavsiya qilindi. Bepul dori-darmonlar tarqatildi.
Ko‘riklar davomida 40 yoshdan oshgan fuqarolarda endokrin va yurak qon- tomir kasalliklari skriningi amalga oshirildi. Shuningdek, mobil mammografda 45 yoshdan oshgan ayollar ko‘krak bezi saratoniga tekshirildi. Mobil oftalmologik avtobusda fuqarolarning ko‘rish qobiliyatidagi muammolari aniqlanib, zarur tavsiyalar berildi. Ko‘chma qon quyish markazi donorlik qilish ishtiyoqidagi yurtdoshlarimiz xizmatida bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.