Xon Yunusdagi ommaviy qabrdan yana 73 kishining jasadi topildi

Xon Yunusdagi ommaviy qabrdan yana 73 kishining jasadi topildi

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shaharchasidan olib chiqib ketilganidan so‘ng, Nosir kasalxonasi majmuasidagi ommaviy qabrdan yana 73 kishining jasadi chiqarildi.

G‘azo fuqarolik mudofaasi ma’muriyati tomonidan berilgan bayonotda Nosir kasalxonasi majmuasidagi ommaviy qabrda olib borilgan qidiruv ishlari haqida ma’lumotlar bor.

Bayonotga ko‘ra, ommaviy qabrdan yana 73 kishining jasadi topilgan.

Kasalxona majmuasida 20 apreldan buyon qidiruv-qutqaruv ishlari doirasida ommaviy qabrdan topilgan jasadlar soni 283 nafarga yetdi.

Guruhlar qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!