Xivada maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi

Xivada maktab direktori imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi

Xorazm viloyati Xiva shahridagi maktablarning birida direktor imtihonga kech kelgan o‘quvchini kaltakladi.

Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 6-sonli maktab direktori 2023 yilning 1 may kuni davlat imtihoniga kechikib kelgani uchun fuqaro G.I.ning nevarasini kaltaklagan. Bu holat direktor tomonidan to‘rtinchi marta takrorlanayotgani ta’kidlangan.

Holat viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot vakillari hamkorligida o‘rganildi. Lavozim vazifalarini yetarli darajada bajarmagani, o‘z ish faoliyatida e’tiborsizlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun Xiva shahar 6-sonli maktab direktoriga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!