Xitoylik yigitga turmushga chiqib aldangan namanganlik ayol yurtimizga qaytarildi
Nikoh agentligi vositasida xorijlik yigit bilan tanishib, u bilan rasmiy nikoh qurgan. Turmush o‘rtog‘ining oldiga Xitoyga uchib borgan qiz aldanganini tushunib, elchixonaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda TIV rasmiy manbasi xabar berdi.
2019-yilning 26-mart kuni O zbekistonning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarosi M. X.ning ushbu shahar tumanlaridan birida majburan ushlab turilganligi to g risida ma lumot olib mahalliy politsiya hokimiyatiga rasmiy murojaat qildi. Natijada hamyurtimizning joylashgan manzili aniqlandi hamda u bilan konsullik xodimlari uchrashdi.
Ushbu O zbekiston fuqarosining xabar berishicha, u 2018-yilning iyun oyida Namangan shahridagi nikoh agentligi vositasida XXR fuqarosi Yao Venxao bilan tanishadi hamda va dalariga ishonib rasmiy nikohni qayd etgandan so ng Xitoyga turmush o rtog ining yoniga uchib ketadi. Uning so zlariga ko ra, yetib borganidan buyon og ir ijtimoiy sharoitda yashagan, unga ovqat berishmagan, urishgan, tahqirlashgan hamda pasportini olib qo yishgan. U o ziga yetkazilgan aziyatlarga chidolmay bir necha marta qochishga uringan.
Politsiya bo limi boshlig i ham ishtirok etgan suhbatdan so ng O zbekiston fuqarosi Bosh konsulxonaga topshirilgan. 28-mart kuni Pekin shahri orqali uchgan aviareysda hamyurtimiz Toshkentga yetib keldi.
Boshqa mamlakatlarda fuqarolarimiz bilan sodir bo lgan bu kabi faktlar yagona emasligini inobatga olib, TIV Konsullik-huquqiy departamenti O zbekiston fuqarolariga uzoq muddatga xorijiy davlatga borganda O zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik hisobida turishni hamda bu kabi va boshqa murakkab hayotiy vaziyatlarda ularga murojaat qilishni qat iy tavsiya etadi. Bunday holatlarda milliy pasportni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.