Xitoydan AQShga tahdid jiddiylashmoqda

Xitoydan AQShga tahdid jiddiylashmoqda

Qo‘shma Shtatlar Tayvan masalasi bo‘yicha ruxsat etilgan chegaralardan chiqmoqda.

Xitoy o‘z suverenitetini qat’iy himoya qiladi va separatistlar, shuningdek, ularning xorijiy hamkorlariga Tayvan mustaqilligi uchun zarracha imkoniyat qoldirmaydi.

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi:

- AQSh Tayvan muammosi bo‘yicha Xitoyga doim e’tiroz bildirib keladi. XXR hukumati o‘z mamlakati va xalqi suvereniteti, xavfsizlik manfaati va hududiy yaxlitligini qat’iy himoya qiladi.

Xitoylik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Pekin AQSh rasmiylari Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga bir tomonlama “noto‘g‘ri ishora” bergani va va’dasini unutib, bir shartni qo‘pol ravishda buzayotgani munosabati bilan Vashingtonga bir necha bor norozilik bildirgan.

“Xitoy barcha zarur qarshi choralarni ko‘rmoqda – bu to‘g‘ri va shart”, deydi mulozim.
Xua Chuninning aniqlik kiritishicha, agar AQSh Tayvan masalasida shunday ruhda harakat qilishda davom etsa, bu “jiddiy oqibatga” olib keladi. "Sodir etiladigan voqea uchun javobgarlik Qo‘shma Shtatlar zimmasida qoladi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!