Xitoyda tarqalgan virus sabab boks bo‘yicha lisenzion turnir bekor qilindi

Xitoyda tarqalgan virus sabab boks bo‘yicha lisenzion turnir bekor qilindi

Joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga lisenziya beruvchi musobaqa o‘tkazilishi kerak edi.

Kuni kecha, ushbu musobaqa bekor qilingani haqida ma’lum qilindi, deya ma’lum qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Bunga aynan Uxan shahrida hayot uchun xavfli korona-virusning tarqalishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa faqat Osiyo-Okeaniya hududidagi davlatlar bokschilari uchun joriy yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmalar taqdim etilar edi.

Endilikda ushbu turnir Xitoyning boshqa bir shahrida yoki umuman boshqa davlatda o‘tkazilishi mumkin. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sha’feligida o‘tadigan lisenzion musobaqa qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi tez kunlarda ma’lum qilinishi aytildi.

Ma’lumot uchun, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 17 yanvarda Xitoyga yo‘l olgan edi. Ayni paytda bokschilarimiz Uxan shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotini o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi ma’lummotlarga ko‘ra, ushbu xastalik bilan og‘riganlar soni 444 kishiga yetgan, 17 kishi ofat qurboniga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!