Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar soni rekord darajaga yetdi

Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar soni rekord darajaga yetdi

Xitoyda bugungi kunda 200 milliondan ortiq mashina ro‘yxatdan o‘tgan, deydi belnovosti.by . Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 201 million donani tashkil etdi.

Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, Xitoyda 409 million kishi haydovchilik guvohnomasiga ega.

Xitoy Davlat Xavfsizligi Vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda ushbu mamlakatda xususiy avtomobillar soni ortib bormoqda.

2018 yilda ular 189 millionni qayd etgan edi.

Xitoyning 61 shahrida joylashgan avtomobil parklari 1 milliondan oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!