Xitoyda 4 aprel koronavirus qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi

Xitoyda 4 aprel koronavirus qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi

4 aprel Xitoy Xalq Respublikasida koronavirus pandemiyasining yangi turi sabab qurbon bo‘lganlar xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Shu kuni mamlakatdagi va uning xorijiy vakolatxonalaridagi barcha davlat bayroqlari tushiriladi, barcha dam olish tadbirlari bekor qilinadi.

Xitoy markaziy televideniyesining bayonotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:00da mamlakatda uch daqiqalik sukut saqlanadi.

Avvalroq, Xitoy AQShning koronavirus ma’lumotlarini kamaytirishi haqidagi shubhalariga javob bergandi. Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chuninning aytishicha, Xitoy har doim epidemik ma’lumotlarni tarqatishda ochiq pozitsiyada bo‘lgan.

“Bu borada vakolat yolg‘on tarqatayotgan siyosatchilarga emas, JSST va epidemiologlarga beriladi”, dedi diplomat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!