Xitoy G‘arbiy yarimsharda AQSh ta’sirini kamaytirish payiga tushdi

Xitoy G‘arbiy yarimsharda AQSh ta’sirini kamaytirish payiga tushdi

Xitoy o‘zining ta’sirini dunyo bo‘ylab yoyishga intilmoqda. Shu maqsadda dunyoning yirik iqtisodlaridan biri bo‘lgan mamlakat, Kolumbiya bilan aloqalarni mustahkamlash niyatida. Bugun, chorashanba kuni Xitoy va Kolumbiya diplomatik delegasiyalari o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvga har ikki davlat rahbarlari Gustavo Petro va Si Ssinpin boshchilik qildi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Kolumbiya AQShning ancha yillik ittifoqchisi sanaladi.

"Xitoy esa Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yaqinlashish orqali mitaqada AQSh ta’sirini susaytirish payiga tushgan. Ayni damga kelib, Xitoy 11 ta Janubiy Amerika mamlakatidan 10 tasi bilan rasmiy aloqalarga ega", - deyiladi Reuters agentligi bergan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!