Xitoy AQShni xakerlar imperiyasi deb atadi

Xitoy AQShni xakerlar imperiyasi deb atadi

Vashington Xitoyning xakerlik hujumi haqida soxta xabar tarqatmoqda, biroq bu AQSh xakerlar imperiyasi ekanligi haqidagi haqiqatni o‘zgartirmaydi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Xitoylik xakerlar guruhi AQShning asosiy infratuzilmasiga hujum qilgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Mao Ning bu ma’lumotlarga ega xabarlar AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyadagi shunga o‘xshash tashkilotlar tomonidan bir vaqtning o‘zida chop etilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “Besh ko‘z” ittifoqining o‘zlarining geosiyosiy manfaatlari yo‘lida AQSh taklifi bilan amalga oshirilgan dezinformasiyalarni tarqatish bo‘yicha birgalikdagi harakati ekanligi aniq.

"Barchamizga ma’lumki, "Besh ko‘z" alyansi dunyodagi eng yirik razvedka tashkiloti, AQSh Milliy xavfsizlik agentligi esa dunyodagi eng yirik xakerlik tashkiloti. Ularning birgalikda soxta ma’lumotlarni chop etishi o‘z-o‘zidan istehzo", - dedi Mao. Ning.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!