Xarris saylovoldi kampaniyasi Trampning 4 sentyabr kuni debat o‘tkazish qaroriga rozi bo‘lmadi
Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarrisning saylovoldi shtab-kvartirasi X ijtimoiy tarmog‘ida respublikachi raqibi Donald Trampning 4 sentyabr kuni Fox News telekanalida debat o‘tkazish haqidagi qaroriga qo‘shilmasligini ma’lum qildi .
«U o‘yin o‘ynashni to‘xtatib, va’da qilganidek 10 sentyabr kuni bahsga kelishi kerak», - deyiladi Xarrisning kampaniyasi bayonotida.
Ular, shuningdek, vise-prezident har qanday holatda ham munozarada qatnashishini, praym-taymda xalqqa murojaat qilish imkoniyatidan foydalanishini qayd etdilar. Xarrisning saylovoldi tashviqoti jamoasi Tramp qo‘rqadi va shuning uchun u munozara 4 sentyabr kuni respublikachilarga yaqin Fox News telekanalida bo‘lib o‘tishi kerakligini e’lon qildi, deb hisoblaydi.