«Xaniya uchun to‘lov»: Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroilga majburiy zarba berishni e’lon qildi

«Xaniya uchun to‘lov»: Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi  Isroilga majburiy zarba berishni e’lon qildi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviyning ma’lum qilishicha, IRQ rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning Isroildan o‘ch olish haqidagi buyrug‘i bajariladi.

Fadaviyning so‘zlariga ko‘ra, «Hamas» terrorchilik guruhi Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun Isroil rasmiylariga «to‘lov» qilish «Eronning burchidir».

«Inqilobimiz rahbarining buyruqlari barcha imkoniyatlarimiz bilan bajariladi. Hozirda bu Eronning qarzi», dedi Fadaviy. Undan iqtibos keltirmoqda Tasnim agentligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!