Xalqaro valyuta jamg‘armasi yaqin yillarda iqtisodiy ahvol yomonlashishini bashorat qilmoqda

Xalqaro valyuta jamg‘armasi yaqin yillarda iqtisodiy ahvol yomonlashishini bashorat qilmoqda

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) yaqin ikki yilda global iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha ahvol yaxshi bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Buning sabablaridan biri inflyasiyaning tez sur’atda o‘sishi va uning oqibatida Markaziy banklarning keskin harakatlar qilishidir, demoqda Euronews.com.

Shu bilan birga, XVJning ta’kidlashicha, bazaviy stavkalarning o‘sishi iqtisodiy turg‘unlikni keltirib chiqaradi, lekin ushbu chorani qo‘llashda sustkashlik qilinsa, ahvol yana ham yomonlashishi mumkin.

XVJning bosh iqtisodchisi Pyer-Olivye Gurinshaning ta’kidlashicha, jahon iqtisodiyoti hali ham pandemiyadan o‘ziga kela olgani yo‘q, qolaversa, unga Rossiya bilan Ukraina atrofidagi vaziyat ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

«Hozir biz qorong‘u va noaniq istiqbol bilan to‘qnash kelganmiz. Ishlab chiqarishning global o‘sishi bu yil uchun 3,2 foiz, keyingi yil uchun esa 2,9 foizni tashkil etadi. Inflyasiya esa rivojlangan mamlakatlarda 6,6 foiz, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 9,5 foizni ko‘rsatadi.

Dunyoning uchta yirik iqtisodiyoti, ya’ni AQSH, Xitoy va Yevropa iqtisodiyotida o‘sish sekinlashadi», – deydi Gurinsha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!