Xalqaro konferensiyada sud-huquq islohotlari e’tirof etildi

Xalqaro konferensiyada sud-huquq islohotlari e’tirof etildi

Chexiya Respublikasining poytaxti Praga shahrida Markaziy va Sharqiy Yevropa yuridik instituti (CEELI Institute) tomonidan tashkil etilgan “Sud hokimiyatiga jamoatchilik ishonchini shakllantirish: sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Konferensiyada 20 dan ortiq davlatlardan sudyalar, shuningdek O‘zbekiston Sudyalari hamjamiyatining ikki vakili - Sudyalar oliy kengashi a’zosi Xurshid Sodiqov va Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Muxiddin Sultonov ishtirok etdi.

«Ikki kun davom etgan konferensiyada sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, sudyalarni tanlash va tayinlash, sudga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlash masalalarida sudyalarning ma’ruzalari tinglanib, o‘zaro tajriba almashildi. Konferensiyada ko‘tarilgan masalalar, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari tahlili asosida sud-huquq sohasidagi amaldagi milliy qonunchilikka takliflar kiritish rejalashtirilgan», deydi Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Muxiddin Sultonov.

E’tiborlisi, konferensiya ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari hamda Sudyalar oliy kengashi tomonidan sudyalik korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligini ta’minlash hamda korrupsiyani oldini olish bo‘yicha qilingan ishlarni yuqori e’tirof etdilar.

Xalqaro konferensiyada sud-huquq islohotlari e’tirof etildiXalqaro konferensiyada sud-huquq islohotlari e’tirof etildiXalqaro konferensiyada sud-huquq islohotlari e’tirof etildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!