Walt Disney studiyasi moliyaviy yilni rekord daromad bilan yakunladi

Walt Disney studiyasi moliyaviy yilni rekord daromad bilan yakunladi
  • Walt Disney kinokompaniyasi sentyabrda tugagan joriy moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra rekord daromad olganini ma’lum qildi. Kompaniyaning sof daromadi 2017 yildagi 8,98 mlrd dollardan 12,6 mlrd dollargacha, tushum esa 55,14 mlrd dollardan 59,43 mlrd dollargacha oshgan.

Disney 4-moliyaviy chorakda daromadini 33 foizga – 2,32 mlrd dollargacha, tushumini esa 12 foizga – 14,31 mlrd dollargacha oshira olgan.

Kompaniyaning filmlar ishlab chiqarishga javob beruvchi bo‘limining daromadi eng ko‘p oshgan. Disney 2018 yilning eng kassabop 10 filmidan 5 tasini, jumladan Marvel komikslari bo‘yicha “Qora pantera” va “Qasoskorlar: cheksizlik urushi” filmlarini hamda “Superoila 2” multfilmini suratga olgan. Bu uchta filmdan AQSh va Kanadaning o‘zida tushgan tushum 2 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, kompaniyaning tematik bog‘larni boshqaruvchi bo‘limining daromadi ham 18 foizga oshib, 4,47 mlrd dollarni tashkil qilgan. Kompaniyaning iste’molchilik mahsulotlari ishlab chiqarish biznesi operasion daromadi 6 foizga oshib, 1,63 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!