«Vorisova nega hozirgi mansabdorlar haqida gapirmaydi?» – jurnalist Fahrullo Hamidullayev

«Vorisova nega hozirgi mansabdorlar haqida gapirmaydi?» – jurnalist Fahrullo Hamidullayev

Jurnalist Fahrullo Hamidullayev o‘zining telegramdagi kanalida XDP vakili, senator Maqsuda Vorisovaning fikriga munosabat bildirdi. Fahrullo avvalgi siyosat haqida gapirishdan xalqqa foydasi yo‘qligi haqida aytdi.

“Bugun Maqsuda Vorisovaning fikrini eshitib qoldim. U mutasaddilar Islom Karimovni aldagani haqida gapirdi. Shuningdek, Vorisova spiker Karimovga barcha haqiqatni aytib bergani va mutasaddilar jazolangani haqida ham aytib o‘tdi. Tushinmayman, avvalgi siyosat haqida gapirishdan nima foyda? Nega hech kim hozirgi holat haqida gapirmaydi? Bugun ham mamlakatimizda muammo yetarli-ku. Karimov vafot etdi, menimcha endi xalqqa bunday ertaklarni eshitishdan foyda yo‘q. Men Vorisova hokimlar, narxlar, korrupsiya va ishchi joyi yetishmasligi haqida gapirganda xursand bo‘lar edim. O‘ylaymanki xalqqa aynan hozir mamlakatda nima sodir bo‘layotganini bilish qiziqroq”, – deydi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, Vorisova Birinchi Prezident Islom Karimovga yangi ish o‘rinlari haqida yolg‘on axborot berilgani haqida aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!