“Volkswagen Caddy“ tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasi hududlarga topshirildi

“Volkswagen Caddy“ tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasi hududlarga topshirildi

🚑 Respublika tez tibbiy yordam markazi avtobazasi 110 ta “Volkswagen Caddy” rusumli so‘nggi avlod tez tibbiy yordam mashinalari bilan boyidi.

♻️ Cog‘liqni saqlash vazirligi tizimida eskirgan avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

⚙️ Xususan, “103” xizmatida 2938 dona "Tez yordam" mashinasi bo‘lib, shundan 648 tasi yoki 22 foizi normativ hujjatlarga asosan yangilanishga muhtoj.

🚑 Jizzax viloyatida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov va vazirlik mas’ul vakillari ishtirokida o‘tgan yangi tez tibbiy yordam avtomashinalarini tantanali topshirish marosimida ta’kidlanganidek, “Volkswagen Caddy“ yuqori texnik ko‘rsatkichga egaligi, harakatlanish qobiliyati yuqoriligi va ixchamligi bilan ajralib turadi.

👨‍⚕️Mazkur avtomobillarni loyihalash va jihozlashda shifokor hamda bemorlarga imkon qadar qulaylik yaratishga e’tibor berilgan.

Hozirgi kunda "103" tasarrufida:
🚗 244 ta “Hunday”,
🚗 145 ta “Volkswagen Caddy”,
🚗 90 ta “Nissan”,
🚗 46 ta “Toyota”,
🚗 228 ta “Ford”,
🚗 13 ta “Foton”,
🚗 37 ta “UAZ”,
🚗 5 ta “Isuzu NLR”,
🚗 29 ta “Isuzu D-MAX”,
🚗 19 ta “Gazel”,
🚗 2082 ta “Damas” mashinalari xizmat ko‘rsatmoqda.

📋 Prezidentimizning 2021 yil 27 maydagi 5129-son va 2022 yil 16 iyundagi 283-son qarorlariga muvofiq, tizimdagi mavjud “Damas” rusumli va xizmat muddatini o‘tagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini 2022-2024 yillarda yangilash belgilangan.

— Xalqaro tajribani o‘rganib, A, B, C toifali "Tez yordam" avtomobillari uchun standartlarni ishlab chiqishga vazirlik darajasida jiddiy e’tibor qaratilmoqda, — deydi O.Fozilkarimov. — Yangi qabul qilib olingan A toifali ushbu avtomashinalar tez tibbiy yordam brigadalari ishini yanada takomillashtirishga mo‘ljallangan. Shu yerning o‘zida 110 ta avtomobilni barcha hududlarga taqsimlab berdik. Ishonchimiz komilki, beshinchi avlod “Volkswagen Caddy” avtomobillari uzoq yillar xalqimiz manfaatlari uchun xizmat qiladi.

📌 Tadbir davomida vazirlik mas’ullari yangi tez tibbiy yordam mashinalarini qabul qilib olgan haydovchilar bilan ularning imkoniyatlari haqida suhbatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!