Vladimir Putin Alisher Usmonovni medal bilan taqdirladi

Vladimir Putin Alisher Usmonovni medal bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin taniqli tadbirkor va asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovga Rus geografiya jamiyatining Konstantin medalini topshirdi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti xabar qildi.

Mazkur medal 1846 yilda RGJ birinchi raisi buyuk knyaz Konstantin tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, jamiyatning ilk va eng nufuzli mukofoti hisoblanadi. Medal geografiya fani va jamiyat faoliyatiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Usmonov o‘z nutqida kelgusida ushbu tashkilot rivojlanishiga ko‘mak berishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Usmonov Forbes talqiniga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 12,6 milliard dollarga baholandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!