Virusolog niqoblar qachon COVID-19 ga qarshi samarali ta’sir qilishini aytdi

Virusolog niqoblar qachon COVID-19 ga qarshi samarali ta’sir qilishini aytdi

Niqoblar barcha uchun koronavirusga qarshi samarali chora hisoblanadi. Bundan tashqari u kasallik rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi, dedi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi bosh tadqiqotchisi Anatoliy Altshteyn.

«Niqobni barcha taqqanidagina omma uchun samarali bo‘ladi, agar odamlarning ma’lum qismigina niqob taqsa, ta’sir keskin pasayadi», dedi Altshteyn.

Uning ta’kidlashicha, niqob taqqan va boshqa profilaktika choralariga rioya qilgan, shu jumladan masofani saqlagan va qo‘l yuvganlarning kasallanish xavfi kamayadi. Chunki agar niqob virusni o‘tkazib yuborsa ham, uning miqdori ham ta’siri ham kamayadi.

Shu bilan birga, emlash koronavirus tarqalishining oldini olishning asosiy chorasidir, dedi Altshteyn.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!