Vilnyusda NATO sammitining ikkinchi kuni boshlandi
Vilnyusda NATOga a’zo davlatlar davlat va hukumat rahbarlari ishtirokidagi NATO sammiti davom etmoqda.
Shimoliy Atlantika Kengashi yig‘ilishida Turkiyani Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an vakillik qilmoqda.
Yig‘ilishda 31 a’zo davlat, shuningdek, Ittifoqqa taklif etilgan davlat sifatida Shvesiya yetakchilari ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, sammitda NATOning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlari Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya, shuningdek, Yevropa Ittifoqi (EI) vakillari ishtirok etmoqda.
Muhokamalarning ochilishida so‘zga chiqqan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg NATO Yevropa va Atlantikadagi mintaqaviy ittifoq ekanligini, biroq u duch kelayotgan muammolar global ekanligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroatlantika va Hind-Tinch okeani mintaqalarida sodir bo‘lgan voqealar o‘zaro ta’sir nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. “Ukrainadagi mojaro global miqyosdagi oqibatlarga olib keladi, terrorizm va kibertahdidlar chegara bilmaydi, avtoritar rejimlar yaqinlashmoqda”, dedi Bosh kotib.
“Biz qoidalarga asoslangan global tartibni saqlash uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak. Shu bois NATOning bugungi sammitida hamkorlarning ishtiroki juda muhim”, - dedi Bosh kotib.
