Video: "Tanzila opa, menga necha daqiqa bergandingiz?" - Jamshid Qo‘chqorov Senat majlisida

Video: "Tanzila opa, menga necha daqiqa bergandingiz?" - Jamshid Qo‘chqorov Senat majlisida

Toshkentda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tganligi haqida avval xabar bergan edik. Uchrashuv davomida moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov so‘zga chiqdi.

Reglamentga ko‘ra, Qo‘chqorov hisobotni 15 daqiqada tugatishi kerak edi. Biroq, vazirga belgilangan vaqt yetarli bo‘lmadi.

"Tanzila opa, menga necha daqiqa bergandingiz? Vaqt tugaganini ko‘rsatyapti", - degan Qo‘chqorov minbarda turib. 

Senat rahbari reglamentga muvofiq 15 daqiqa berilganini, ammo mavzuning jiddiyligi sabab qo‘shimcha vaqt qo‘shib berilishini ma’lum qildi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!