Video: Samarqanddagi yana bir to‘yda puldan yomg‘ir yog‘dirishdi

Video: Samarqanddagi yana bir to‘yda puldan yomg‘ir yog‘dirishdi

Tarmoqda to‘yda qanday qilib puldan yomg‘ir yog‘dirishganini ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan video tarqaldi. Video telegram kanallarida tarqatilgan. Videoda mehmonlar yangi turmush qurgan yoshlarni pulga ko‘mib tashlashgani aks etgan.

Videoni e’lon qilgan internet foydalanuvchilarining ta’kidlashicha, video Samarqandda viloyatning eng yirik ishbilarmonlaridan birining to‘yida suratga olingan. Tadbirkorning ismi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin xonanda Jahongir Otajonov Samarqand viloyatidagi bir ziyofatda ustidan pul sochilgani uchun lisenziyadan mahrum bo‘lgan edi. Biroq, keyinchalik san’atkor bu voqeada aybdor emasligiga ishonib, lisenziyasi qaytarib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!