Video: Avtobus ikkita ayolni urib, yana bittasini butunlay bosib ketdi

Video: Avtobus ikkita ayolni urib, yana bittasini butunlay bosib ketdi

Kecha, 9 avgust kuni Moska shahri ostonasidagi Mitishax shahrida avtobus yo‘ldan o‘tayotgan yo‘lovchilarni bosib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada 3 kishi jabrlangan.
 
Ta’kidlanishicha, hozirda ikki ayol jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, uchinchisi yengil jarohat olgan. Halokatga tormozning ishlamay qolgani sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti.
 
Halokat shaharning Sharapova tumanida sodir bo‘lgan. YTH vaqtida avtobusda yo‘lovchilar bo‘lgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Voqea joyida YHXB xodimlari tekshiruv ishlarini olib boryapti.

Manba: qalampir.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!