Vyetnam polisiyasi 1,2 milliard dollarlik pul yuvish tarmog‘ini fosh etganini e’lon qildi

Da Nang polisiyasining ta’kidlashicha, bu markaziy qirg‘oq shahrida aniqlangan eng yirik pul yuvish hodisasi hisoblanadi.
Vyetnam polisiyasi besh kishini qamoqqa olganini va xorijdan mamlakatga 1,2 milliard dollar miqdoridagi noqonuniy pullarni olib kirgan pul yuvish tarmog‘ini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
2022-2024 yillar oralig‘ida bank xodimlarini ham o‘z ichiga olgan tarmoq a’zolari 187 ta korxona tashkil etish va 600 dan ortiq korporativ bank hisoblarini ochish uchun soxta shaxsiy guvohnomalar va bank muhrlarini tayyorlagan.
Polisiyaning chorshanba kuni bergan bayonotiga ko‘ra, bu hisoblar xorijda firibgarlik yoki qimor o‘yinlari orqali topilgan pullarni o‘tkazish va qonuniylashtirish uchun ishlatilgan bo‘lib, umumiy tranzaksiyalar miqdori taxminan 1,2 milliard dollarni tashkil etgan.
Qamoqqa olishlar Da Nangda amalga oshirildi. Polisiya bu markaziy qirg‘oq shahrida fosh etilgan eng yirik pul yuvish hodisasi ekanligini ta’kidladi.
Milisiya 122 ta soxta muhr va 40 ta biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining asl nusxalarini musodara qildi.
Oktyabr oyida vetnamlik ko‘chmas mulk magnati Truong My Lan pul yuvish ayblovi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u hukm ustidan apellyasiya bermoqda.
Ko‘chmas mulk tadbirkoriga alohida ish doirasida 27 milliard dollarlik firibgarlik uchun allaqachon o‘lim jazosi tayinlangan edi.