Vengriya yana to‘sqinlik qilmoqda

Vengriya yana to‘sqinlik qilmoqda

Vengriyaning pozisiyasi tufayli Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning doimiy vakillari Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar boshlanishi borasida yana bir qarorga kela olmadi. Bu haqda 7 iyun kuni manbalarga tayanib, «Interfaks-Ukraina» xabar berdi.

«Hamma biladiki, Yevropa komissiyasi Moldova va Ukraina o‘z shartlarini bajarishni yakunlagan deb hisoblaydi va biz hukumatlararo konferensiya o‘tkazishimiz kerak. Yig‘ilishda bu juda aniq bo‘ldi. Ko‘pgina davlatlar bunga rozi ekanliklarini aytishdi, ammo Vengriya yana bajarilishi kerak bo‘lgan shartlar borligini bildirib, aks holda ular komissiya bahosini qabul qila olmasligini aytdi», dedi agentlik suhbatdoshi.

Vengriya yana bir bor «Ukrainaning milliy ozchiliklarga nisbatan qilgan yutuqlari etarli emasligini» ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!