Zelenskiy AQShdan hech narsasiz qaytadi

Zelenskiy AQShdan hech narsasiz qaytadi

The Times gazetasining yozishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShdan Rossiyaga G‘arb qurollari bilan zarba berish bo‘yicha cheklovlar olib tashlanishiga erishmasdan qaytadi.

Nashrning qayd etishicha, Ukraina rahbari AQSh prezidenti Jo Bayden va AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris bilan uchrashuvda shaxsan o‘zi Britaniyaning Storm Shadow raketalari va Amerikaning ATACMS raketalari bilan Rossiya Federasiyasiga hujumlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni so‘ragan. Biroq, «Vashingtonning uzoq masofali raketalardan foydalanishga bo‘lgan yondashuvida hech qanday o‘zgarishlar e’lon qilinmadi», deyiladi materialda.

Buning o‘rniga, gazetaning ta’kidlashicha, Zelenskiyning yonida turgan Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Xarris bo‘lajak saylovlardagi siyosiy raqibi respublikachi Donald Tramp haqida gapira boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!