Vahshiylar! 9 oylik chaqaloqni ham zo‘rlashadimi? (foto)

Vahshiylar! 9 oylik chaqaloqni ham zo‘rlashadimi? (foto)

19 yoshli Icia Dekuan Xeyc va Tennesidan kelgan 22 yoshli Dayruc Jumar Ayc 9 oylik chaqaloqni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda.

Shelbi okrugi polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 2016 yilda sodir etilgan jinoyat haqida chaqaloqning onasi xabar qilgan. Uning aytishicha, u bo‘lgan voqeadan jinoyatchilardan birining smartfoniga yozib olingan video tasvirdan bilib qolgan.

Polisiya Xeycni shu yilning fevral oyida qo‘lga olgan. Tergov jarayonida erkak qilgan qabihligiga iqror bo‘lgan.

Qarindoshlarining aytishicha, chaqaloqning onasi uni Xeysga qarab turishi uchun berib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatni sodir etgan payda Xeys 17 yoshda bo‘lgan. 9 oktyabr kuni esa unga nisbatan rasmiy ravishda ayblov e’lon qilingan. Aysni esa ushbu jinoyatga sherik bo‘lganligi uchun hibsga olishgan.

Hozirda ikkala zo‘ravon ham Shelbi okrugi qamoqxonasiga qamab qo‘yilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!