Uzoq sukut va Rim papasi: “Men sodir bo‘lgan voqeadan juda xafaman"

Uzoq sukut va  Rim papasi: “Men sodir bo‘lgan voqeadan juda xafaman"

Rim papasi Frensisk uzoq sukut saqlaganidan so‘ng nihoyat, Istanbuldagi “Avliyo Sofiya” maqomining o‘zgarishi, masjidga aylanishi haqida gapirdi.

“Men Istanbul haqida, Avliyo Sofiya haqida o‘ylayman va sodir bo‘lgan voqeadan juda xafaman”, dedi Papa Vatikandagi Sankt-Peter maydonida qilgan va’zida.

Turkiyaning “Avliyo Sofiya”ni masjidga aylantirish haqidagi qaroriga Gresiyaning e’tirozi hali ham to‘xtamayapti.  

Gresiya prezidenti Yekaterina Sakellaropulu Rim papasi Fransisk bilan muloqot chog‘ida uni xalqaro nufuzidan foydalangan holda “Avliyo Sofiya” masalasiga aralashishga chaqirdi. Sakellaropuluga ko‘ra, Rim papasi Turkiyani qaroridan voz kechirish va “Ayo Sofiya”ni qaytadan muzeyga aylantirish uchun harakat qilishi kerak.  

Grek matbuotining xabar berishicha, papa Fransisk esa o‘z navbatida “Avliyo Sofiya”ni masjidga aylantirish qarori siyosiy bo‘lganini ta’kidlagan va fursat bo‘lishi bilan uni qaytadan muzeyga aylantirish uchun ish boshlashini bildirgan. 

Gresiya prezidenti va Rim papasi hali ham e’tirozlarini davom ettirayotgan bir paytda “Avliyo Sofiya”da namoz uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda:

Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni bu yerda namoz o‘qish boshlanadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Istanbul fathining timsoli hisoblanuvchi “Avliyo Sofiya” 1934 yilda hukumatning qarori bilan masjiddan muzeyga aylantirilgan edi. Iyul oyining boshida esa Turkiya Davlat kengashi bu qarorni noqonuniy deb topdi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!