«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

I. Kirish: bank sektori transformasiyasi va O‘zmilliybankning o‘rni

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank sektori Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan tizimlardan biriga aylandi. Barqaror iqtisodiy o‘sish, moliya bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish va davlat dasturlarini amalga oshirish kreditlashning kengayishi, omonatlar bazasining o‘sishi, raqobatning kuchayishi va bank xizmatlarini jadal raqamlashtirishga xizmat qildi. 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra bank tizimining jami aktivlari 866,8 trln so‘mga, kredit portfeli 582,2 trln so‘mga, omonatlar hajmi 371,4 trln so‘mga va umumiy kapitali 130,4 trln so‘mga yetdi. Bank sektorining sof foydasi 10 875,9 milliard so‘mni tashkil etib, bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.

Bozorda turli rivojlanish modellari va o‘sish strategiyalariga ega bo‘lgan 35 ta tijorat banki faoliyat yuritmoqda. Shunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki aktivlari, kreditlari, omonatlari, kapitali hajmi, iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi ishtiroki ko‘lami va bank tizimi barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni bo‘yicha mamlakatning eng yirik moliya instituti va tizimli ahamiyatga ega banki maqomini saqlab qolmoqda.

Ushbu maqolaning maqsadi moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida O‘zbekiston bank sektorining rivojlanishi nuqtai nazaridan O‘zmilliybankning mavqeini tahliliy ko‘rib chiqish, uning balansi tarkibi va dinamikasi, resurs bazasi, daromadliligi, operasion samaradorligi va xalqaro kapital bozorlariga kirishini baholash, shuningdek bank barqarorligi va tizimli ahamiyatining asosiy omillarini belgilashdan iborat.

II. Bank tizimida O‘zmilliybankning ko‘lami va barqarorligi

1. Aktivlar va bozor tuzilmasidagi o‘rni

O‘zbekiston bank sektori aktivlarning ishonchli o‘sishini ko‘rsatmoqda: 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, ularning umumiy hajmi 12,7 foizga o‘sib, 866,8 trln so‘mga yetdi. Bunda O‘zmilliybankning aktivlari 145,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu bankka balans ko‘lami bo‘yicha milliy reytingda birinchi o‘rinni va butun bank tizimi aktivlarida 16,7 foiz ulushini ta’minladi.

O‘zmilliybank aktivlarining so‘nggi besh yil (2020-2024 yillar) va 2025 yilning to‘qqiz oyidagi dinamikasi barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda:

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

O‘zmilliybank aktivlarining 2025 yilning to‘qqiz oyida 7,5 foizga o‘sishi chakana kreditlash hisobiga o‘sishni ko‘rsatayotgan banklarga nisbatan mo‘’tadil hisoblanadi. Bu bankning tashqi iqtisodiy faoliyat, infratuzilma, transport, energetika va geologiya sohalarida yirik, tarkibiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishga strategik yo‘nalganligini aks ettiradi.

2. O‘zmilliybank aktivlarining valyuta tarkibi: diversifikasiya va moslashuvchanlik

O‘zmilliybank doimgidek xorijiy valyutadagi aktivlarning yuqori ulushi bilan ajralib turadi. Bu uning tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport va import operasiyalari, shuningdek xalqaro investisiya loyihalariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganligi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, bank milliy valyutadagi portfelini ham izchil oshirib bormoqda.

Bankning valyutalar bo‘yicha aktivlari tarkibi

2025 yil 1 yanvar holatiga:

· aktivlarning 65,5 foizi — xorijiy valyutada;
· 34,5 foizi — milliy valyutada.

2025 yil 1 oktyabr holatiga:

· aktivlarning 62,3 foizi — xorijiy valyutada;
· 37,7 foizi — milliy valyutada.

To‘qqiz oyda aktivlarning so‘mdagi ulushi 3,2 foizga oshdi. Bu bank valyuta aktivlari segmentida asosiy o‘yinchi bo‘lib qolish bilan birga, balansni milliy valyuta foydasiga diversifikasiya qilayotganidan dalolat beradi.

Aktivlarning katta hajmi, xorijiy valyutaning yuqori, ammo bosqichma-bosqich kamayib borayotgan ulushi va so‘mdagi o‘sib borayotgan portfelning uyg‘unligi O‘zmilliybank uchun qator raqobatbardosh ustunliklar beradi:

· bank ham milliy, ham xorijiy valyutadagi operasiyalarga yo‘naltirilgan mijozlarga samarali xizmat ko‘rsata oladi;
· valyuta xavfi pasayib, kurs o‘zgarishlariga barqarorlik ortadi;
· tashqi iqtisodiy kon’yunktura o‘zgarishi sharoitida aktivlar va passivlar tarkibini boshqarishda moslashuvchanlik ta’minlanadi.

3. Zaxiralar va tavakkalchiliklarni boshqarish

O‘zmilliybank tizimdagi eng yirik aktivlar zaxiralarini shakllantirib, bu uning konservativ xavf profilining asosiy elementi hisoblanadi. Yaratilgan zaxiralar miqdori 2025 yil 1 oktyabr holatiga 10,2 trln so‘mni tashkil etib, bu bozorda 33 foiz ulushga ega bo‘lgan holda mamlakatdagi barcha banklar orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Zaxiralar ko‘lami kredit xatarini boshqarish va ehtimoliy stress-vaziyatlar uchun “moliyaviy zaxira”ni shakllantirishga nisbatan ilg‘or yondashuvni aks ettiradi. Katta zaxiralarning mavjudligi bankka o‘zgaruvchan bozor sharoitida aktivlar sifatini va balans barqarorligini saqlab qolish imkonini berib, nazorat organlari, investorlar va xalqaro hamkorlarning ishonchini mustahkamlaydi, shuningdek xavf profilini yomonlashtirmasdan aktivlarni yanada ko‘paytirish uchun imkoniyat yaratadi.

4. Kapital va tartibga solish normativlari

2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, bank tizimining umumiy kapitali 13,6 foizga o‘sib, 130,4 trln so‘mga yetdi. Kapital hajmi bo‘yicha yirik banklar orasida O‘zmilliybank birinchi o‘rinni egallab turibdi: uning kapitali 19,4 trln so‘mni tashkil etib, bozor ulushining 15 foiziga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Agrobank (13,7 trln so‘m, 11 foiz), SQB (11,4 trln so‘m, 9 foiz), Xalq banki (10,2 trln so‘m, 8 foiz) va Asakabank (8,1 trln so‘m, 6 foiz) joylashgan.

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

O‘zmilliybank kapitalining so‘nggi besh yil (2020-2024 yillar) va 2025 yilning to‘qqiz oyidagi dinamikasi barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda:

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

O‘zmilliybankning kapital yetarliligini tartibga soluvchi ko‘rsatkichlari Markaziy bankning minimal talablaridan sezilarli darajada yuqori:

· kapitalning umumiy yetarlilik koeffisiyenti (CAR) – 19,0 foiz (MB me’yori – 13 foiz);
· Tier 1 koeffisiyenti – 16,1 foiz (me’yor – 10 foiz);
· leverej koeffisiyenti – 11,4% (me’yor – 6 foiz).

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

Ushbu raqamlar rivojlangan bozorlar ko‘rsatkichlariga mos kelib, bankning iqtisodiyotni kreditlash faolligini pasaytirmasdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozi vaziyatlarni yengib o‘tish qobiliyatini tasdiqlaydi. Kuchli kapital pozisiyasi yuqori zaxiralar darajasi bilan birgalikda O‘zmilliybankning O‘zbekiston bank sektoridagi tizim shakllantiruvchi institut maqomini mustahkamlaydi.

III. Kredit portfeli va mijozlar segmentlarining rivojlanishi

1. Kredit portfelining umumiy dinamikasi

O‘zmilliybankning kredit portfeli so‘nggi yillarda muntazam ravishda kengayib bormoqda. 2021 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan davrda kreditlar hajmi 65,6 trln so‘mdan 108,0 trln so‘mga o‘sdi va 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra 104,8 trln so‘mni tashkil etdi:

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

Bunday dinamika O‘zmilliybankning iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini moliyalashtirishda faol ishtirok etayotganini, shuningdek asosan korporativ bank modeliga tayangan faoliyatdan chakana hamda kichik va o‘rta biznes segmentlari rivojlangan yanada universal profilga bosqichma-bosqich o‘tayotganini aks ettiradi. Joriy yilning 9 oyi davomida bank tomonidan jami 38,5 trln so‘m ekvivalentida kreditlar ajratildi (shu jumladan korporativ sektorga – 21,4 trln so‘m, kichik va o‘rta biznesga – 10,0 trln so‘m, chakana kreditlarga – 7,1 trln so‘m).

2. Chakana biznes: portfel ulushi va sifatining o‘sishi

Tarixan O‘zmilliybank korporativ bank sifatida faoliyat yuritgan, biroq kredit portfeli tarkibining tahlili yuqori daromadli chakana mahsulotlar tomon izchil burilishni ko‘rsatmoqda. 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, bankning chakana kredit portfeli hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi. Natijada bank jismoniy shaxslarni kreditlash hajmi bo‘yicha mamlakatning eng yirik uchta tijorat banki qatoriga kirdi.

O‘zmilliybankning umumiy kredit portfelida chakana segment ulushi besh yil davomida barqaror o‘sib bordi:

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

Umuman olganda, bank sektori bo‘yicha 2025 yil 1 oktyabr holatiga chakana kredit portfelining o‘sishi yil boshiga nisbatan +17,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zmilliybankning ushbu ko‘rsatkichi +18 foizga yetdi. Bundan tashqari, so‘nggi 5 yil ichida kredit portfelida chakana kreditlarning ulushi 2,5 baravarga (8 foizdan 20,2 foizga) oshdi.

Bu bank mazkur segmentda o‘rtacha bozor dinamikasidan ilgarilab ketayotganini va chakana bozordagi o‘z mavqeini asta-sekin mustahkamlab borayotganini ko‘rsatadi.

Chakana biznes o‘sishining asosiy omillari quyidagilar bo‘ldi:

· mijozlar bazasining kengayishi – 5,3 milliondan ortiq jismoniy shaxslar, shu jumladan yirik korporativ hamkorlar xodimlari va kichik biznes vakillari;
· korporativ mijozlar xodimlari uchun ish haqi loyihalari va maxsus takliflarning faol rivojlanishi;
· sodiqlik dasturlari va marketing kampaniyalarining joriy etilishi;
· aholining turli qatlamlariga moslashtirilgan mahsulotlar turlarining kengayishi;
· kredit tarixini tahlil qilish va maksimal mavjud kredit miqdorini aniqlashning yagona tizimining joriy etilishi (bu portfel sifatini yaxshilab, arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirdi);
· ipoteka umumiy chakana portfelining 42 foizga o‘sishini ta’minladi (portfel 13,3 trln so‘mga yetdi (+16,1%);
· avtokreditlar bo‘yicha mijozlar bazasi 38 ming qarz oluvchiga yetdi (1,5 trln so‘m berildi);
· “Milliy” mobil ilovasi orqali 110,3 mingta onlayn mikroqarz ajratildi (portfel o‘sishi +96%, 4,9 trln so‘mgacha).

Ish haqi oluvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda: ularga tezlashtirilgan kreditlash tartibi, mikroqarzlar va avtokreditlar bo‘yicha qulay shartlar, shuningdek “Milliy” mobil ilovasi orqali onlayn kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati taqdim etilmoqda. Bu esa tranzaksiya faolligini oshirish va mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

3.Kichik va o‘rta biznes: tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish

Kichik va o‘rta biznes segmenti yuqori dinamikani ko‘rsatmoqda. 2025 yilning o‘tgan 9 oyi yakunlariga ko‘ra:

· bitimlar soni – 1403 ta (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan +181%);
· ajratilgan mablag‘lar hajmi – 2,52 trln so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan +163%);
· kredit portfelida kichik va o‘rta biznesning ulushi 20,4 foizgacha oshdi;
· tadbirkor ayollarni moliyalashtirish – 270,7 mlrd so‘m;
· yoshlarni moliyalashtirish – 159,4 mlrd so‘m.

Yangi mahsulotlarning (“Ekspress”, “Biznes-ipoteka”, “Qulay” va boshqalar) joriy etilgani O‘zmilliybankni tadbirkorlar uchun moslashuvchan hamkorga aylantirmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aylanma mablag‘larni moliyalashtirish, investisiyalar hamda kichik va o‘rta biznes infratuzilmasini rivojlantirish uchun vositalar to‘plamini kengaytirmoqda.

4. Korporativ segment: strategik tarmoqlar uchun tayanch

Korporativ blok O‘zmilliybank biznes modelining ustuni va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning asosiy kanallaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, bankning eng yirik korporativ mijozlari “Olmaliq KMK” AJ, “NKMK” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “AKFA GROUP”, “KORZINKA.UZ”, “O‘zatom” agentligi, “METROPOL GROUP”, “O‘zmetkombinat” AJ hisoblanadi.

Yil davomida O‘zmilliybank 160 dan ortiq yangi faol korporativ mijozlarni, shu jumladan “Uzbekistan Helicopters”, “Pepsi”, “UzCarlsberg”, “O‘zTMK” AJ, “Leapmotor”, “Voyah”, “Safia” hamda boshqa yirik sanoat va savdo kompaniyalarini jalb etdi. Bu rivojlangan infratuzilma va zamonaviy texnologik yechimlarga ega barqaror moliyaviy hamkor sifatida bankka bo‘lgan yuksak ishonchdan dalolat beradi.

2025 yilning to‘qqiz oyida O‘zmilliybank ijtimoiy infratuzilma, logistika, transport, sanoat, sog‘liqni saqlash va geologiya-qidiruv sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 21,4 trln so‘mlik 110 ta loyihani moliyalashtirdi. Ushbu loyihalar mamlakatning yangi infratuzilma xaritasini shakllantirib, bankning uzoq muddatli va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarga yo‘naltirilgan taraqqiyot banki sifatidagi o‘rnini mustahkamlaydi.

IV. Resurs bazasi va depozit bozori

1. Tizimdagi umumiy tendensiyalar

2025 yilda O‘zbekiston bank sektorida resurs bazasining barqaror kengayishi kuzatildi. Barqaror makroiqtisodiy vaziyat, mo‘’tadil inflyasion bosim va aholining jamg‘arish faolligi oshishi sharoitida depozitlarning umumiy hajmi yil boshidan 20,3 foizga o‘sib, 371,5 trln so‘mga yetdi.

O‘sish ham jismoniy shaxslar omonatlarining ko‘payishi, ham korporativ likvidlikning mustahkamlanishi hisobiga ta’minlandi. Banklar depozitlarning mahsulot turlarini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish takliflarini yaxshilash orqali uzoq muddatli resurslar uchun raqobatni kuchaytirmoqda.

2025 yil 1 oktyabr holatiga bank tizimida mijozlar kesimida:

· depozitlarning 64,2 foizi yuridik shaxslarga;
· 35,8 foizi – jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi.

Valyuta tarkibi bo‘yicha:

· depozitlarning 77 foizi – milliy valyutada, 23 foizi esa – xorijiy valyutada.

2. O‘zmilliybankning depozit bozoridagi o‘rni

O‘zmilliybank depozit segmentida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, uning depozit portfeli 49,2 trln so‘mni tashkil etib, resurslar hajmi bo‘yicha mamlakat banklari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Misol uchun, ushbu ko‘rsatkich Kapitalbankda – 39,7 trln so‘m, Agrobankda – 28,9 trln so‘m, SQBda – 26,9 trln so‘m, Xalq bankida – 25,6 trln so‘mni tashkil etdi.
2025 yilning to‘qqiz oyida O‘zmilliybankning depozitlari 33,6 foizga o‘sib (bozor ko‘rsatkichi 20,3 foizdan sezilarli darajada yuqori), bu mijozlar ishonchining ortib borayotganini ko‘rsatadi. Turli segmentlarning resurslar o‘sishiga qo‘shgan hissasi quyidagicha:

· jismoniy shaxslarning depozitlari 17,6 foizga;
· yuridik shaxslar depozitlari – 22,3 foizga oshdi.

Tarkibiy jihatdan O‘zmilliybankda korporativ depozitlar ulushi o‘rtacha bozor darajasidan sezilarli darajada yuqori:

· depozitlarning 70,2 foizi – yuridik shaxslar mablag‘lari;
· 29,8 foizi – jismoniy shaxslar mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Vaholanki, tizim bo‘yicha umumiy hisobda 59 foiz ulush bilan yuridik shaxslar ustunlik qiladi. Bunday ko‘rsatkichlar Uzmilliybank barqaror hamda uzoq muddatli resursni ta’minlaydigan yirik korporasiyalar, davlat kompaniyalari va eksportga yo‘naltirilgan korxonalar (“NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Navoiyuran” DK, “O‘zTMK” AJ va boshqalar) uchun asosiy bank ekanligini ko‘rsatadi.

O‘zmilliybank depozitlarining korporativ segmenti quyidagchia:

· korporativ depozitlar hajmi – 34,6 trln so‘m;
· bozor ulushi – 16 foiz;
· 2025 yilning to‘qqiz oyida o‘sish – 43 foiz.

Korporativ portfel tarkibida muddatli depozitlar 58,9 foizni, talab qilib olinguncha depozitlar 32,8 foizni tashkil etib, tizimda uzoq muddatli resurs bazasining eng muvozanatlashgan tuzilmalaridan birini shakllantiradi. Bu mablag‘ bilan ta’minlashning barqarorligini, foiz xatarining pasayishini hamda infratuzilma va investisiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash imkoniyatini ta’minlaydi.

Valyuta tuzilishiga ko‘ra, O‘zmilliybank butun tizimga nisbatan xorijiy valyutadagi depozitlarning yuqori ulushi bilan ajralib turadi:

· depozitlarning 59,1 foizi milliy valyutada;
· 40,9 foizi – xorijiy valyutada.

Bu tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi mijozlarning salmoqli ulushi bilan izohlanib, bankning tashqi savdo va investisiya oqimlariga xizmat ko‘rsatuvchi tayanch institut sifatidagi funksional ixtisoslashuvini aks ettiradi. Bunda muvozanatlashgan valyuta xavfi va passivlarning barqaror tarkibi saqlab qolinadi.

V. Moliyaviy natijalar va operasion samaradorlik

1. Daromadlar tarkibi va rentabellik

2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zmilliybankning moliyaviy ko‘rsatkichlari diversifikasiyalashgan daromad manbalariga ega barqaror biznes modelini aks ettiradi. Hisobot davrida bank 22,2 trln so‘m daromad oldi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga ko‘p bo‘lib, yirik tizimli banklar guruhining o‘rtacha o‘sish sur’atidan yuqoridir.

Foizli daromadlar 12,8 trln so‘mni tashkil etib, 15,2 foizga o‘sdi (bank sektori bo‘yicha umumiy o‘sish 15,0 foiz). Kredit portfelining kengayishi, korporativ moliyalashtirish dasturlarining amalga oshirilishi, yirik korporativ mijozlarning jalb qilinishi, kredit portfelida kichik va o‘rta biznes ulushining hamda umumiy tijorat kreditlari hajmining oshishi, shuningdek kredit mahsulotlariga bo‘lgan barqaror talab ushbu ko‘rsatkichga erishishning asosiy omillaridan bo‘ldi.

Foizsiz daromadlar bundan yuqoriroq o‘sish sur’atini ko‘rsatdi – 65,4 foizga oshib, 9,3 trln so‘mni tashkil etdi (2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra 5,6 trln so‘m edi). Bu natija komission va tranzaksion operasiyalarning ko‘payishi, mijozlar bazasining kengayishi hamda raqamli xizmatlar va to‘lov mahsulotlarining faol qo‘llanilishi bilan bog‘liq.

Natijada, O‘zmilliybank 1,45 trln so‘m sof foyda olib, bu o‘tgan davrga nisbatan 4,9 foiz ko‘pdir. Bu kuchayib borayotgan raqobat sharoitida bank barqaror daromadlilikka ega ekanligini, xarajatlarni nazorat qila olishini va mahsulotlar turlarini muvozanatli rivojlantirish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

Daromad bazasidagi tarkibiy o‘zgarishlar yuqori daromadli xizmat ko‘rsatish va komission yo‘nalishlar foydasiga foizli daromadlar ulushining pasayishi bilan tavsiflanadi. Tranzaksion faollik va raqamli xizmatlar ahamiyatining oshishi sof foiz marjasiga bog‘liqlikni kamaytirib, yanada barqaror, balansga bog‘liq bo‘lmagan daromad modelini shakllantiradi.

2. Operasion samaradorlik

Operasion xarajatlarning operasion daromadlarga nisbati (CIR) xarajatlarni boshqarish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zmilliybankning ushbu ko‘rsatkichi 31,1 foizni tashkil etdi – bu o‘rtacha bozor darajasi bo‘lgan 47,5 foizdan ancha past.

Bu bankni biznesni kengaytirish va operasiyalar ko‘lamini oshirish sharoitida ham barqaror va oldindan bashorat qilinadigan operasion samaradorlikni ta’minlaydigan banklar guruhiga kiritish imkonini beradi. Daromadlarning yuqori o‘sish sur’atlari sharoitida xarajatlarning cheklangan o‘sishi boshqaruv jarayonlarining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, operasion modelning maqbullashtirilgani va resurslardan oqilona foydalanilayotganini ko‘rsatadi.

VI. Operasion va raqamli transformasiya

2021 yildan buyon O‘zmilliybank “McKinsey” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda keng ko‘lamli transformasiya dasturini amalga oshirmoqda. Mazkur dastur korporativ boshqaruvni isloh qilish, AT-arxitekturasini modernizasiya qilish, asosiy jarayonlarni raqamlashtirish va biznes bo‘linmalari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Bozor miqyosida ushbu dastur mintaqadagi davlat bankini modernizasiya qilishning eng yirik loyihalaridan biri bo‘lib, biznesni yanada kengaytirish, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, raqamli kanallarni rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va bankning universal moliya instituti sifatidagi raqobatbardosh o‘rnini mustahkamlash uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

VII. Xalqaro kapital bozorlariga chiqish

1. Obligasiyalarni joylashtirish va investorlar bazasi

2020-2025 yillar davomida O‘zmilliybank xalqaro kapital bozoriga uch marta umumiy miqdori 1,12 mlrd AQSh dollari bo‘lgan, shu jumladan 900 mln AQSh dollari va 2,9 trln so‘mlik obligasiyalarni chiqardi.

2024 yildan boshlab bank milliy valyutada joylashtirish hajmini izchil oshirib bormoqda. So‘mdagi obligasiyalarga bo‘lgan talabning ortib borishi investorlarning barqaror ishonchi shakllanganligidan dalolat beradi. Bu, o‘z navbatida, O‘zmilliybank uchun so‘mdagi resurs bazasini faolroq jalb qilish va kredit portfelidagi valyuta tarkibiy qismining ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish, tizimli dollarsizlashtirish tendensiyasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratadi.

Xalqaro obligasiyalar bozoridagi faollik O‘zmilliybankning ishonchli emitent sifatidagi obro‘sini mustahkamladi va xorijiy investorlarning O‘zbekiston moliya sektoriga bo‘lgan ishonchi darajasini oshirdi. 2025 yil iyul oyidagi chiqarilish 140 dan ortiq institusional investorlarning qiziqishini uyg‘otdi. Investorlar bazasi tarkibi sifat jihatidan o‘zgardi: agar 2020 va 2024 yillardagi chiqarilishlarda AQSh va Yevropa investorlari asosiy xaridorlar bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilda ularga Yaqin Sharq va Xitoyning yirik investorlari qo‘shildi.

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

2025 yilgi obligasiyalar chiqarilishida narx shartlari bo‘yicha birinchi marta sezilarli siljish kuzatildi: O‘zbekiston Respublikasining suveren obligasiyalari “benchmark”iga nisbatan spred AQSh dollarida 50 bazis punktiga, so‘mda esa 105 bazis punktiga qisqardi. Bu global investisiya hamjamiyatining O‘zmilliybank moliyaviy ko‘rsatkichlari shaffofligi hamda uning kredit va xavf profiliga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

VIII. Xulosa: O‘zmilliybank biznes modeli barqarorligining tashqi mustaqil baholanishi

2025 yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, O‘zmilliybank O‘zbekistonning eng yirik, barqaror va tizimli ahamiyatga ega banki maqomini saqlab qoldi. Yuqori kapitallashtirish, tizimdagi eng katta zaxiralar hajmi, muvozanatli kredit portfeli, diversivikasiyalashgan resurs bazasi va barqaror moliyaviy natijalar uning ishonchliligi va iqtisodiyotdagi uzoq muddatli o‘rnini ta’minlamoqda.

Erishilgan moliyaviy natijalar va amalga oshirilgan institusional o‘zgarishlar yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori baholandi. Kompleks tahlil natijalariga ko‘ra, “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” yaqinda O‘zmilliybankning uzoq muddatli kredit reytinglarini “BB-“ darajasidan “BB” darajasiga ko‘tarib, ularni O‘zbekiston Respublikasining barqaror prognozli suveren reytingiga tenglashtirishdi.

«O‘zmilliybank» AJ: mintaqa bank sektorining barqaror yetakchisi

Ushbu qaror bank operasiyalari ko‘lami, barqaror kapitallashuvi, muvozanatli xavf profili va biznes modelining izchil o‘zgarishi natijasida erishilgan umumiy samarani, uning mamlakat iqtisodiyotidagi tizimli ahamiyatini, shuningdek mustaqil xalqaro tahlilchilarning O‘zmilliybankning moliyaviy profili va institusional roliga bo‘lgan yuqori ishonchini aks ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Qurbonlar bor! Qarshi tumanida sodir bo‘lgan portlash to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Дастлабки маълумотга кўра, 4 та автомобиль (2 та кобалт, 2 та газ ташишга мўлжалланган автомобиль) ҳамда 2 та ер остидаги ёқилғи сақлаш резервуари ёниб зарарланган.

Kiyev Vashingtonga yashirin signal berdi

Бу ҳақда Украинанинг "Страна" нашри тоғ-кон саноати билан боғлиқ манбаларига таяниб хабар бермоқда.

Rossiyada Putinni himoya qiluvchi videokuzatuv kameralari ishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi

Россия Президентини​нг матбуот котиби Дмитрий Песков газетанинг камералар ўчирилгани ҳақидаги саволларига жавоб бермади

Andijonda 16 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Андижон вилоят ИИБ вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш маркази инспектори-ижтимоий ходими лавозимида ишлаган С.Б вояга етмаган У.Мни Андижон шаҳарда жойлашган кўп қаватли уйга олиб бориб, у билан жинсий алоқа қилганлиги аниқланган.

Eron Isroilga qarata raketalar uchirdi va buni Livan poytaxtiga qilingan hujumga javob deb atadi

Аввалроқ Теҳрон Исроилнинг Байрут жанубига берган авиазарбасига “кескин ва оғриқли” жавоб қайтаришга ваъда берган эди.

Fransiya va Germaniya qo‘shma qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechmoqchi

Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.

Netanyahu Isroilning Hizbullohga qarshi operasiyasi davom etishini ma’lum qildi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяҳу Хавфсизлик кенгаши йиғилишидан сўнг Исроил Мудофаа кучларининг (IDF) Ливандаги Ҳизбуллоҳга қарши операцияси ҳали якунланмаганини билдирди.

Filippin janubidagi kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият маълумотларига таяниб хабар беришича, жабрланганлар сони 200 нафардан ошган.

Rejimni mustahkamlash va Rossiyani jilovlash: nima uchun Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi?

Хитой раиси Си Цзиньпиннинг Пхеньянга келган Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин икки давлат ўртасидаги «енгилмас дўстлик»ни яна бир бор таъкидлади.

Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Ҳужжатлар кўриб чиқиш учун тегишли судловга юборилган. Воқеа қачон содир бўлганига аниқлик киритилмаган.

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Полиция маълумотларига кўра, офат туфайли камида 134 киши жароҳатланган.

Qarshida gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi​​​​​​​

Хабар келиб тушиши билан воқеа жойига қутқарув бўлинмалари зудлик билан етиб борган. Айни пайтда портлаш оқибатида келиб чиққан ёнғинни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.

Dominikan Respublikasida biznes-jet halokatga uchrab, portlab ketdi

Gulfstream G200 бизнес-жети Техасга чартер рейсини амалга ошираётган бўлган.

Toshkent metrosida yo‘lovchining pauerbanki tutab ketdi

Дастлабки маълумотларга кўра, пауэрбанк тутаб кетганидан сўнг унинг эгаси қурилмани вагон полига улоқтириб юборган.

Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Дастлабки суриштирув давомида у ўзининг онасига тегишли Тошкент туманидаги хонадонда гиёҳвандлик ўсимликларини етиштираётганлиги аниқланди.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi: Ebola epidemiyasi rekord darajaga yetishi mumkin

АҚШнинг Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (CDC) таҳлилчилари томонидан тайёрланган моделларга кўра, Марказий Африкадаги Эбола эпидемияси 2014 йилдаги рекорд даражадаги эпидемия кўламига етиши ёки ҳатто ундан ошиб кетиши мумкин.

AQShda yarim asr ichida ilk bor harbiylar qatl etilishi mumkin

Қўшма Штатлар Қуролли Кучлари ярим асрдан кўпроқ вақт ичида биринчи марта ҳарбий қатлларни амалга оширишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда ABC телеканали ички армия ҳужжатига таяниб хабар берди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.