Moskvaga migrantlar kerak
Moskva merining ta’kidlashicha, ideal sharoitlarda shahar migrantlarsiz ham yashashi mumkin edi, ammo real demografik va iqtisodiy omillar buni imkonsiz qiladi.
Moskva yaqin kelajakda ishchi kuchining keskin tanqisligi tufayli mehnat migrantlarini jalb qilishdan voz kecholmaydi, bu hozirda taxminan 500 ming kishini tashkil etadi. Bu haqda Moskva shahar dumasi yig‘ilishida so‘zga chiqqan mer Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
Shahar rahbarining ta’kidlashicha, ideal sharoitlarda shahar migrantlarsiz ham yashashi mumkin edi, ammo real demografik va iqtisodiy omillar buni imkonsiz qiladi.
«Iqtisodiyot va demografiya, afsuski, o‘z qoidalarini belgilaydi», dedi u.
Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi demografik vaziyat va iqtisodiyot tuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlari migrasiya siyosatiga sinovdan o‘tgan yondashuvni talab qiladi.
Shu bilan birga, u istiqbolda kadrlar taqchilligi iqtisodiy o‘sish sekinlashgan taqdirda ham ortadi, degan fikrni bildirdi.
Shuningdek, merning ta’kidlashicha, mavjud qiyinchiliklarga qaramay, migrasiya poytaxtning rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shib, yalpi hududiy mahsulotning 5-6 foizigacha ta’minlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehnat migrantlari sonining keskin qisqarishi inflyasiyaning oshishiga va asosiy sohalarda, jumladan, sanoat va mudofaa sohasida kadrlar yetishmovchiligining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Yakunda Sobyanin poytaxt rasmiylari populistik qarorlardan qochib, migrasiya sohasida izchil tartib o‘rnatish niyatida ekanini aytib, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash muhimligini ta’kidladi.
