Prezident: «Bir bo‘lsak, yagona xalq sifatida ulkan maqsadlarimizga yetamiz»
«Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman.
Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda.
Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz!
Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman!
Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini o‘ylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bo‘lib, o‘zini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman»,
— dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida.
