Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin kunlarda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, AQSh bilan muzokaralarda Ukraina delegasiyasi rahbari Rustem Umerov unga Amerikada o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvlar natijalari haqida axborot bergan.
Ma’lum qilinishicha, Rustem Umerov Floridada Trampning maxsus vakillari — Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuvlarda AQSh tomonidan ishlab chiqilgan va ko‘plab muzokaralar davomida o‘zgartirilgan tinchlik rejasining tafsilotlari muhokama qilingan.
💬 «Biz bir kunni ham bekorga sarflayotganimiz yo‘q. Eng yuqori darajada — prezident Tramp bilan yaqin vaqtda uchrashishga kelishib oldik. Yangi yilga qadar ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin», 💬 — deb yozdi Zelenskiy.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.