“O‘zbekkimyomash zavodi”ning davlat ulushi Niderlandiya kompaniyasiga sotildi

“O‘zbekkimyomash zavodi”ning davlat ulushi Niderlandiya kompaniyasiga sotildi

“O‘zbekkimyomash zavodi”ning ustav kapitalidagi 44,71 foiz aksiyalar paketi Niderlandiya kompaniyasiga sotildi. Bu haqda “UzAssets investisiya kompaniyasi” xabar berdi.

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, UzAssets’ning “O‘zbekkimyomash zavodi” ustav kapitalidagi 44,71 foiz aksiyalar paketini 37 mlrd so‘mga Tropidia Holding B.V.’ga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

UzAssets 2021 yil 25 avgustda “O‘zbekkimyomash” aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushini sotishini ma’lum qilgan edi. Jarayonda Deloitte xalqaro kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant bo‘lib, Dentons xalqaro kompaniyasi huquqiy masalalarda ko‘maklashgan.

Natijada investorlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi 5 ta ariza (Express of Interest) kelib tushgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!