O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi birinchi Savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi birinchi Savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Xorijiy mamlakatlarda "Made in Uzbekistan" belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti hajmini oshirish maqsadida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi birinchi Savdo uyi ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur Savdo uyi huzurida ko‘rgazma zali sifatida doimiy faoliyat yurituvchi "shou-rum" ochish ham rejalashtirilgan. Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarining turli tovarlarining keng assortimenti – oziq-ovqat, meva-sabzavot, to‘qimachilik-tekstil, ipak, kimyo, kulolchilik mahsulotlari hamda zargarlik buyumlari namoyish etiladi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish hamda faollashtirishga ko‘maklashish, yurtimizning eksport salohiyati va imkoniyatlarini qo‘llab quvvatlash, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni Janubiy Koreya bozorida targ‘ib qilish va ilgari surish hamda reklama kompaniyalarini tashkil etish Savdo uyining asosiy vazifalari qatoriga kiradi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlarimizni Janubiy Koreya bozoriga eksport qilish, bozor imkoniyatlarini o‘rgangan holda eksport hajmi va doirasini kengaytirib borish, ushbu davlatda o‘tkaziladigan turli ko‘rgazmalarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga ko‘mak ko‘rsatish nazarda tutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!