2021 yil 2 dekabr kuni butun dunyo bo‘ylab professional tennisning yaxlitligini targ‘ib qilish va himoya qiluvchi The International Tennis Integrity Agency (ITIA) o‘zbekistonlik tennischi 29 yoshli Albina Xabibulina umrbod diskvalifikasiya olganini tasdiqladi.
Bunga Tennis korrupsiyaga qarshi kurash dasturining (TACP) ko‘plab qoidalari buzilgani sabab bo‘ldi, deya xabar berdi ITIA Matbuot xizmati.
Tennischi Albina Xabibulina kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganligda ayblangan. Shuningdek, u 150 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.
Faoliyati davomida Xabibulina IFT yakkalik bahslarida eng ko‘p ochko to‘plagan holda 492-o‘rinni egallagan, IFT juftlik bahslarida esa eng ko‘p ochko to‘plagan - 208.
Albina 2021 yil 21 noyabrdan diskvalifikasiya qilingan. U unga qo‘yilgan ayblovlarga e’tiroz bildirmagan. Ma’lum qilinishicha, u 20 ish kuni ichida "Sport arbitraj sudi"ga apellyasiya berish huquqiga ega.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.