Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tabdirda hokimiyat vakilining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Zarbdor tumani hokimligi bosh mutaxassisi o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, 1983 y.t. fuqaroning yashash xonadoniga tutash bo‘lgan, davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali auksion savdoda yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi hamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi o‘zaro til biriktirib, mahalliy fermer xo‘jalik rahbari noqonuniy ravishda 250 mln so‘mga sotishni rejalashtirgan 41,6 gektar yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarmasdan va auksion savdolariga chiqarmasdan xorazmlik tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar kundalik hayotda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Bloomberg манбаларга кўра, АҚШ президенти Доналд Трампнинг иттифоқчилари АҚШ–Эрон урушидан шахсий ғазабда ва Яқин Шарқдаги можароннинг кучайишидан тобора кўпроқ хавотирда.
Айрим ҳолатларда банкомат техник носозлик ёки бошқа сабаблар туфайли банк картасини қайтариб бермаслиги мумкин. Бундай вазиятда қоидани билмаган айрим банк ходимлари мижозларга “карта 3 иш кунида берилади” деган жавоб айтилади. Лекин амалдаги қонунчиликда бу масала аниқ тартиб билан белгиланган.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.